Van Deyk "Barselona" futbolchisini maqtadi

  • 22 mart, 18:02
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Niderlandiya terma jamoasi va "Liverpul" sardori Virjil van Deyk Kataloniyaning "Barselona" klubi hamda Ispaniya terma jamoasi yosh himoyachisi Pau Kubarsi haqida fikr bildirdi.

Tecno

"U juda noyob futbolchi. Pau katta iste’dodga. Kubarsi atigi 18 yosh bo‘lishiga qaramay, u allaqachon yuqori darajada o‘ynamoqda. Bu juda hayratlanarli. Shuningdek, uning uzoq masofaga aniq uzatma berish qobiliyatini ham alohida ta’kidlashni istardim, bu borada u juda kuchli," – deya van Deykning so‘zlarini Mundo Deportivo keltirdi.

 Kubarsining "Ko‘k-anorranglilar" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning o‘rtalarigacha davom etadi. Joriy mavsumda Kubarsi 42 o‘yinda maydonga tushib, 1 gol urdi va 3 golli uzatma amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!