
Van de Bek: Bergveyn "Tottenxem"ga o‘tishimni so‘ragandi
Yaqindagina "Manchester Yunayted" bilan shartnoma imzolagan Donni Van de Bek Gollandiya terma jamoasi yig‘inida ishtirok etish mobaynida mamlakat nashrlaridan biriga yangi klubiga ko‘chib o‘tish tarixi haqida gapirib berdi:
"Stiven Bergveyn menga "Tottenxem"ga o‘tishimni so‘rab xabar yozgandi. Ammo men MYuni tanladim. Faoliyatimda burilish qilish payti keldi, deb o‘yladim.
Bir hafta oldin agentimga qo‘ng‘iroq qilib, bu haqida aytdim. Yakunda, ish shartnoma imzolanishi bilan tugadi", - deydi 23 yoshli futbolchi.
Fikrlar