
"UzReport TV" Entoni Joshua - Endi Ruis jangini jonli efirda namoyish etadi
Unda chempionlik yo‘lida dadil qadam tashlab, mag‘lubiyat nima ekanini bilmay kelayotgan britaniyalik bokschi Entoni Djoshua (22-0, 21 KO) amerikalik Endi Ruisga (32-1, 21 KO) qarshi ringga ko‘tariladi.
Boks muxlislari WBA, IBF, WBO va IBO super og‘ir vazn toifasidagi chempionlik kamarlari uchun kechadigan Joshua - Ruis jangidan jonli translyatsiyani "UzReport TV" telekanalida tomosha qilish mkoniyatiga egalar.
Fikrlar