Usmon Toshev Buxoroga qaytdi

  • 6 aprel, 2021, 17:13
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Tojikiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Usmon Toshev ma’lum muddatga Buxoroga qaytdi. Bundan esa viloyat futboli rahbarlari unumli foydalanishmoqda.

Tecno

toshev3_4

Gap shundaki, Buxoro viloyati futbol federatsiyasining tashabbusi bilan shu yilning 5-7 aprel kunlarida Buxoro viloyat futbol mahorat maktabi murabbiylari bilan hozirgi zamonaviy futbol va murabbiylarning undagi o‘rni mavzusida, qolaversa, yosh murabbiylarning malakasini oshirish maqsadida FIFA va OFK instruktori Usmon Toshev seminar o‘tkazmoqda.

toshev1

Buxorolik mahalliy murabbiylar ushbu mutaxassisdan kerakli bilim va ko‘nikmalarni o‘zlariga singdirib borishyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!