
Useyn Bolt: Grizmann MYuga o‘tsa yaxshi bo‘lardi
Yamaykalik mashhur sprinter Useyn Bolt "Atletiko" forvardi Antuan Grizmanni "Manchester Yunated"ga o‘tishini xohlayotganini aytdi. Bu haqda RTL xabar tarqatmoqda.
Ma’lumot uchun, Bolt MYuning ashaddiy muxlisi hisoblanadi.
“Grizmann “Manchester Yunayted”ga o‘tsa yaxshi bo‘lardi. U erda mening do‘stlarim bor va men ulardan Antuanni sotib olishga ko‘ndirgan bo‘lardim”, - deydi Bolt.
Eslatib o‘tamiz, 28 yoshli frantsiyalik futbolchi uchun PSJ, “Barselona” va “Bavariya” klublari kurash olib borishmoqda.
Fikrlar