
Urugvaydan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin Messi nimalar dedi?
Jahon chempionati saralashidan o‘rin olgan Urugvayga qarshi o‘yinda Argentina 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Uchrashuvdan keyin Lionel Messi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Men maydondagi harakatlar haqda gapirishni istamayman, lekin yosh futbolchilar yoshi kattalarni hurmat qilishni o‘rganishi kerak. Bu to‘qnashuv har doim kurashlarga boy o‘tgan. Ammo har doim bir-birimiz bilan ziddiyatga bormaganmiz. Ushbu g‘alabada Belsaning qo‘lini ko‘rishimiz mumkin. Biz qachondir mag‘lubiyatga uchrashimiz kerak edi va bu bugun sodir bo‘ldi. Endi o‘zimizga kelib, Braziliyaga qarshi bahsga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak", - dedi hujumchi.
Mazkur bahsdan so‘ng Argentina turnir jadvalida birinchi o‘rinda qoldi, Urugvay esa 2-pog‘onaga ko‘tarilib oldi.
Fikrlar