
Unutilmas voqea. O‘runov Habib Nurmagomedovga g‘alaba qozonishda yordam berdi!
Engil vaznda UFC chempioni Habib Nurmagomedov “Spartak” Dubayda yig‘in o‘tkazayotgan manzilga bordi. Engilmas jangchi ushbu jamoa muxlisi hisoblanadi. Habib Dubayda “spartakchilar” bilan futbol o‘ynadi.
Habib uning jamoasida Oston O‘runov va Zelimxan Bakaev, aralash jang san’atlari ustasi Islom Maxachev to‘p tepganini o‘z instagram sahifasi orqali ma’lum qildi. Raqib jamoa tarkibida Georgiy Jikiya, Ayaz Guliev va hozir blogerlik qilayotgan sobiq futbolchi Evgeniy Savin to‘p tepgan.
Ushbu uchrashuvda Oston O‘runov va Habib Nurmagomedov jamoasi to‘rtta to‘p farqi bilan g‘alaba qozondi. O‘zbekistonlik futbolchi Habibning jamoasida eng yaxshi o‘yinchi bo‘ldi.
- Agar xafa qilib qo‘ygan bo‘lsak, uzr so‘raymiz. Keyingi o‘yinda, albatta, g‘alabani sizlarga taqdim qilamiz. Bu gal biz jang qilishdan tashqari futbol o‘ynashni ham bilishimizni ko‘rsatib qo‘yishimiz shart edi. Kayfiyatingizni buzmoqchi emasdi, - dedi Habib bahsdan so‘ng.
Avvalroq, Habib Nurmagomedov ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga mashg‘ulot videosini yuklab, katta futbolga qadam qo‘ymoqchi ekanini bildirgandi.
Fikrlar