
"Union Berlin" bosh murabbiyi o‘z lavozimidan ozod qilindi
Rasman "Union Berlin" Urs Fisherni o‘z lavozimidan ozod qildi. Bu haqda klub rasmiy sahifasi orqali ma’lum qilmoqda.
Shvetsariyalik mutaxassis qo‘l oastida jamoa so‘nggi paytlarda yomon natijalar qayd etayotgandi. Berlinliklar ushbu mavsum barcha chempionatlarda 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 marta g‘alaba qozondi, 1 ta o‘yinda durang o‘ynadi. Shu bilan birga, 13 marta mag‘lubiyatga uchradi.
Fisher 2018 yili klubni qabul qilib olgan. Uning davrida "Union Berlin" Bundesligaga chiqdi. Shuningdek, o‘z tarixida ilk bor Chempionlar ligasida o‘ynadi.
Fikrlar