
"Uning qaytishi jamoaga quvonch olib keldi"
Frantsiya terma jamoasi va "Real Madrid" yarim himoyachisi Orelen Tchuameni oktyabr va noyabr oylaridagi o‘yinlarni o‘tkazib yuborgan hujumchi Kilian Mbappening milliy jamoaga qaytishi haqida fikr bildirdi.
- Uning terma jamoaga qaytganidan juda xursandman. Biz bu haqda klubda suhbatlashdik. U qaytishni juda xohlardi. Kilian terma jamoaga o‘ziga xos quvonch olib keldi. U etakchi, va u biz bilan bo‘lganidan juda mamnunmiz, - dedi yarim himoyachi.
Eslatib o‘tamiz, 23 mart kuni Frantsiya terma jamoasi UEFA Millatlar ligasi chorak final javob o‘yinida Xorvatiyaga qarshi maydonga tushadi. O‘yin Frantsiyaning "Stad de Frans" stadionida bo‘lib o‘tadi. Birinchi o‘yinda Frantsiya 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.
Fikrlar