Unai Emeri: Obameyangni sotish xatto hayolimizga ham kelgani yo‘q

  • 24 iyul, 2019, 14:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" klubi bosh murabbiyi Unai Emeri gabonlik hujumchi Per-Emerik Obameyangning jamoadan ketishi mumkinligi borasida tarqalgan xabarlarga munosabatini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Uni sotish fikri xatto hayolimizga ham kelgani yo‘q. Klubda hamma Obameyangdan mamnun. Uning transferi borasida hech qanaqa gap ham bo‘lmadi”, - deydi ispaniyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Obameyangga “Manchester Yunayted”dan qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, Obameyang o‘tgan mavsum premer-ligada jami 36ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 22ta gol hamda 6ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi va chempionat to‘purari bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!