
Ular "Real"dan ketmasligi lozim
"Real" tarkibida sezilarli o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Bu jamoaning so‘nggi yillardagi past ko‘rsatkichlari bilan bog‘liq.
Madridliklar prezidenti Florentino Peres, agar futbolchilarga takliflar bo‘lsa, tarkibni tozalashga tayyor. Marca nashrining xabar berishicha, "qaymoqranglilar" rahbari asosiy tarkibdan faqat beshta futbolchini saqlab qolish kerak deb hisoblaydt. Bu ro‘yxatda Tibo Kurtua, Federiko Valverde, Karim Benzema, David Alaba va Vinisius Junior bor.
Ta’kidlash joizki, joriy yozgi transferlar davrida bir nechta mahoratli ijrochilar "Real"ni tark etdi. Ular orasida Rafael Varan va Serxio Ramos bor. Shuningdek, "Arsenal" qiziqayotgan Martin Edegor ham klubni tark etishga yaqin turibdi.
“Real” o‘tgan mavsumni La Ligada 2-o‘rinda yakunlagan edi.
Fikrlar