
Ular Mourinoni kutishgan edi...Yoxud Nigeriya terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi
Portugaliyalik mutaxassis Joze Pezeyru faoliyatini xalqaro maydonda davom ettiradi. Mahalliy futbol federatsiyasining xabar berishicha, murabbiy Nigeriya terma jamoasi boshqaruvini o‘z qo‘liga oladi. Terma jamoa boshqaruvida u Gernot Rorni almashtirdi.
Pezeyro uchun Nigeriya terma jamoasi boshqaruvidagi ilk turnir 2022 yilning birinchi o‘n kunligida boshlanishi kerak bo‘lgan Afrika kubogi bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, Joze murabbiylik faoliyati davomida “Sporting” Lissabon, “Portu” klublari, shuningdek, Venesuela va Saudiya Arabistoni terma jamoasini boshqargan.
Avvalroq, Nigeriya terma jamoasi boshqaruviga ayni damda “Roma”ga ustozlik qilayotgan Joze Mourino kelishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar