“Ufa” rahbari O‘runovni nima qilishni bilmayapti!

  • 13 mart, 2021, 07:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Ufa” klubi bosh direktori Rinat Shaybekov “Sport ekspress” nashriga yozda klub bilan shartnomasi yakunlanadigan o‘yinchilar bo‘yicha bergan intervyusida o‘zbekistonlik legioner Oston O‘runov haqida ham gapirdi.

Tecno

- Pliev bilan kelishuvni yangilaganimizni bilasizlar. O‘runovni nima qilishni bilmayman. Buni vaqt ko‘rsatadi. Qolgan legionerlar masalasini ham mavsum yakunlangach, ko‘rib chiqamiz, - dedi Rinat Shaybekov.

Ma’lumki, Oston O‘runovning transfer huquqi “Spartak”ga tegishli. Hamyurtimiz moskva klubi bilan yozda besh yillik bitim tuzgan. “Ufa” legionerimizni mavsum oxirigacha ijaraga oldi. Biroq, ufaliklarda O‘runovning transferini to‘liq sotib olish huquqi bor.

Oston “Ufa” jamoasiga qaytganidan keyin uchta uchrashuvda maydonga tushdi va bir bor golli pas uzatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!