"Uembli" katta jangga guvoh bo‘lishi mumkin!

  • 13 mart, 15:08
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Mutlaq jahon chempioni Aleksandr Usik va IBF chempioni Daniel Dyubua "Uembli" stadionida jang o‘tkazishi mumkin. Bu haqda "Sky Sports" nashri xabar bermoqda.

Tecno

Dyubua avvalroq, 22 fevral kuni Saudiya Arabistonida sobiq jahon chempioni Jozef Parkerga qarshi chempionlik unvonini himoya qilishni rejalashtirgan edi. Ammo sog‘lig‘idagi muammolar sababli ushbu jangda ishtirok eta olmadi va natijada uning o‘rnini afrikalik Martin Bakole egalladi.

Eslatib o‘tamiz, Usik va Dyubua o‘rtasidagi ilk jang 2023 yilning avgust oyida Polshada bo‘lib o‘tgan va unda ukrainalik bokschi to‘qqizinchi raundda nokaut evaziga g‘alaba qozongandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!