
Uchinchi yo‘qotish. Sanjar Tursunov ham JChni tark etdi
-91 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Sanjar Tursunov 1/8 final bosqichi doirasida hindistonlik Sanjet Sanjetga qarshi ringga ko‘tarildi. Mazkur jang hakamlar qaroriga ko‘ra, Sanjetning g‘alabasi bilan (4:1) yakun topdi.
Shu tariqa terma jamoamiz chorak finalga qadar etib bormasidanoq 3 ta yo‘qotishga uchradi. Bundan oldin Elnur Abduraimov va Fanat Qahramonovlar ham musobaqa bilan xayrlashgan edilar.
Fikrlar