U Runini hayratga solgan

  • 2 aprel, 2021, 10:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted”ning eng zo‘r to‘purari sifatida tarixga kirgan Ueyn runi ayni paytda “Derbi Kaunti” jamoasini boshqarmoqda.

Tecno

Runi “Manchester Siti” o‘z tarkibida eng ko‘p gol urgan Serxio Aguero bilan xayrlashayotganiga munosabat bildirdi.

- Aguero ajoyib futbolchi, u premer-liga tarixidagi eng zo‘r xorijlik hujumchilardan biri. Lekin menga tanlash imkoni berilsa, eng zo‘r chet ellik futbolchi sifatida Terri Anrini e’tirof etgan bo‘lardim. Keyin o‘rinlarni Aguero, Ruud van Nistelroy, Dennis Bergkamp va Erik Kantonaga berish mumkin.

Men Aguero ketsa, bu “Manchester Siti” o‘yiniga sezilarli darajada ta’sir o‘tkazishiga aminman, chunki Serxio sifatli o‘yinchi hisoblanadi, - dedi Runi.

Aguero “Manchester Siti” tarkibida to‘rt bora Angliya chempioni, besh marta Liga kubogi g‘olibi, uch karra Superkubok sohibi hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!