
U "Real" bilan xayrlashmoqchi edi, ammo...
Karlo Anchelotti "Real" yarim himoyachisi Garet Beyl nima uchun "Betis"ga qarshi o‘yinda maydonga tushmagani haqida gapirdi.
Madrid klubi bosh murabbiyi La Liganing 38-turidan o‘rin olgan o‘yindan so‘ng ushbu fikrlarni bildirib o‘tdi.
"U o‘ynashni hamda muxlislar bilan xayrlashishni istadi. Biroq maydonda o‘zini yaxshi his qilmadi. Shunday bo‘lsa-da Beylda finalga qadar tiklanish uchun imkoniyat bor", - dedi Anchelotti.
Qayd etish lozim, 28 may kuni "Stad de Frans" stadionida "Real" hamda "Liverpul" jamoalari o‘rtasida Evropa chempionlar ligasi final o‘yini bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar