
U Evropa futboliga "to‘ydi"
Londonning "Arsenal" klubi yarim himoyachisi Lukas Torreyra Evropadan ketishni va Janubiy Amerikaga qaytishni xohlamoqda. Bu haqda uning o‘zi gapirdi.
"Men Evropada boshqa o‘ynashni xohlamayman. Men "Boka Xuniors"ga o‘tmoqchiman", - dedi 25 yoshli urugvaylik futbolchi ESPN nashriga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, Torreyra 2013 yildan buyon Evropa klublarida faoliyat yuritib kelmoqda. U joriy mavsumni "Atletiko" safida ijarada o‘tkazmoqda.
Torreyraning "Arsenal" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan. Uning transferi esa 22 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar