
"Turon" o‘z safiga legioner himoyachi qo‘shib oldi
O‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan "Turon" tarkibni kuchaytirmoqda.
Ayni kunlarda Baxtiyor Ashurmatov bosh murabbiyligidagi jamoa vakillari Toshkent shahrida o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini davom ettirmoqda. Bugun yaypanliklar Chernogoriya fuqarosi, himoyachi Nikola Kumburovich transferini e’lon qildi. Tomonlar bir yillik rasmiy shartnomaga imzo chekdi.
Kumburovich faoliyati davomida "Iskra" va "Buduchnost" jamoalari safida maydonga tushgan. 23 yoshli himoyachi Chernogoriyaning turli yoshdagi terma jamoalari safida ham o‘ynagan.
"Turon" klubi matbuot xizmati
Fikrlar