Turkiya tarixidagi eng yaxshi natija qayd etgan murabbiy iste’foga chiqarildi

  • 11 sentabr, 2021, 15:14
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turkiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Shenol Gyunesh lavozimidan ozod etildi. Bu haqda mamlakat futbol federatsiyasi rasmiy saytida xabar berildi.

Tecno

Manbaning ma’lum qilishicha, Turkiya FF va murabbiy o‘zaro kelishuvga ko‘ra hamkorlikni to‘xtatdi. 69 yoshli Gunesh terma jamoa bilan 2000/2004 va 2019/2021 yillarda ishlagan.

2002 yilda Gunesh jahon chempionatida Turkiya terma jamoasi bilan uchinchi o‘rinni egallagandi. Turkiya terma jamoasi Evro-2020 final bosqichida qatnashdi. Ammo ishtiroki muvaffaqiyatsiz chiqdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!