
"Tottenxem"ning 3 nafar etakchisi "Liverpul"ga qarshi markaziy o‘yinda qatnashmaydi
Xabaringiz bor ertaga APLning 31-turida "Tottenxem" va "Liverpul" o‘zaro bahs olib borishadi.
E’tiborlisi, shu kuni “shporlar”ning nafar etakchi futbolchisi mersisaydliklarga qarshi o‘yinda jamoasiga yordam bera olmaydi. Londonliklar rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra bular Serj Ore, Erik Dayer va Xarri Uinkslardir.
Eslatib o‘tamiz, “Liverpul” – “Tottenxem” uchrashuvi ertaga Toshkent vaqti bilan soat 20:30da boshlanadi.
Ma’lumot uchun, "Liverpul" ayni damda premer-liga musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Tottenxem" esa 3-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar