"Tottenxem" yarim himoyachisi jamoani tark etishi mumkin

  • 27 mart, 2024, 22:53
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Tottenxem" yarim himoyachisi Per Emil Xyoyberg yozgi transferlar oynasida jamoani tark etishi mumkin, deya xabar bermoqda Insayder Fabritsio Romano. 

Tecno

Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, "shporlar" uni 2025 yilda erkin agent sifatida ketishini istamaydi. Klub futbolchining transferidan pul ishlab qolishni xohlamoqda. Xyoybergga "Atletiko" qiziqish bildirayotgani haqida mish-mishlar yo‘q emas. Shuningdek, kurashda Italiyaning ayrim jamoalari ham mavjud. 

Ma’lumot uchun, daniyalik yarim himoyachi ushbu mavsum "Tottenxem" safida 30 ta uchrashuvida ishtirok etdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!