Toshkent yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi

CHERY AUTO

Joriy yilning 15-25 iyul kunlari poytaxtimizda og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida navbatdagi qit’a chempionati o‘tkaziladi. Kecha Osiyo og‘ir atletika federatsiyasi mazkur chempionat ishtirokchilari uchun dastlabki talabnomalar muddati yakunlanganligini e’lon qildi.

Tecno

Taqdim etilgan talabnomalarda 25 ta davlatdan 400 nafardan ziyod ishtirokchi to‘g‘risida ma’lumotlar jamlangan. Unda 200 nafarga yaqin o‘smir, shuningdek, 250 nafardan ortiq yoshlar oltin medallar uchun kurash olib borishi keltirilgan.

O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi ma’lum qilishicha, bo‘lajak bahslarda 40 nafardan ziyod yosh atlet yurtimiz sharafini himoya qiladi. Kecha Osiyo chempionatini o‘tkazish tashkiliy qo‘mitasi musobaqa ramzini ham e’lon qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!