Toshkent dengizida kurash qizg‘in kechyapti

CHERY AUTO

Toshkent dengizida U23 yosh toifasida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bahslarining ilk g‘olib va sovrindorlari aniqlandi.

Tecno

 Kubok bellashuvlarining C-1 yo‘nalishida erkaklar o‘rtasida o‘tkazilgan 200, 500 va 1000 metr masofadagi poygalarda Kamoliddin Rahmatullaev va Mirjalol Komilov (500 va 1000) g‘olib bo‘lgan bo‘lsa, ayollar orasida 200 va 500 metrdagi bellashuvlarda Shohsanam Sherzodova uchta masofada oltin medalga ega chiqdi. 

 K-1 yo‘nalishida tashkil etilgan 200, 500 va 1000 metr masofadagi bellashuvlarda Davronjon Salimov, Ozodjon Amriddinov, Darya Mishina (200 va 500) marra chizig‘ini birinchi bo‘lib bosib o‘tdi.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!