
To‘rt futbolchi “Liverpul”dan ketishini rasmiy saytdan bildi
“Liverpul” joriy mavsum o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga etolmadi. Katta ehtimol bilan Yurgen Klopp shogirdlari Chempionlar ligasiga ham chiqa olmaydi.
Klub rahbariyati yozda tarkibni qayta shakllantiradi. Bir necha futbolchi o‘ziga boshqa jamoa topishi kerak. Klub rasmiy sayti ketishi aniq bo‘lgan to‘rt futbolchi nomini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, “Liverpul” hujumchi Roberto Firmino, yarim himoyachilardan Nabi Keyta, Jeyms Milner va Aleks Oksleyd-Chemberlen xizmatidan voz kechdi.
Bu o‘yinchilarning klub bilan shartnomasi 30 iyun kuni yakunlanadi. Ularga yangi kelishuv berilmadi.
To‘rtala futbolchi “Liverpul” tarkibida Angliya chempioni va Evropa Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘lgan.
Fikrlar