
Tokio-2020. Velosportchimiz 64-o‘rinni, gimnastikachimiz 49-o‘rinni egalladi
Sportchilarimiz Tokio-2020 ning ilk kunidagi ishtiroklarini yakunlashdi. Xususan, kunning ikkinchi yarmida yana 2 nafar sportchimizning natijasi ma’lum bo‘ldi.
Velosportchimiz Murodjon Xolmurodov 234 km masofaga o‘tkazilgan bahsda 128 ta sportchi orasida 64-o‘rinni egalladi. Unga bu masofani bosib o‘tish uchun 6 soat 21 daqiqa 46 soniya kerak bo‘ldi.
Erkaklar o‘rtasidagi sport gimnastikasi bo‘yicha o‘tkazilgan bahslarda ishtirok etgan hamyurtimiz Rasuljon Abdurahimov o‘z chiqishini yakunladi. U 79.064 ochko jamg‘argan holda 66 sportchi orasida 49-o‘rinni egalladi.
Fikrlar
СПОРТ О НОЛ 0000 ҲЕЧ КИМГА КЕРАК ЭМАССС. ШАРҲЛОВЧИЛАР ҲАМ НОМИГА МАЖБУРИЯТ ЮЗАСИДАН ШАРҲЛАМОҚДА... ОЙЛИК ОЛИШ УЧУН ҲОЛОССС.
МОҚ АЛЛА ҚАЧОН СПОРТЧИЛАРНИ МОТИВАТЦИЯСИНИ ЎЛДИРДИ....
БАЙРОҚДОРЛАРНИ АЛМАШТИРИБ.
НАТИЖАЛАР ҲАМ ШУНГА ЯРАША....
ВА ЭНГ АЧИНАРЛИСИ БУДАВОМ ЭТАДИ....
ВА БУ
Корупсияяя..... бор Ўзбекистон....