
Tojikiston Suriyaga yutqazdi. Superligamizdagi legionerlardan kimlar o‘ynadi?
Ayni paytdagi FIFA kunlari munosabati bilan Cuperligamizdagi bir qator tojikistonlik futbolchilar o‘z termasi bilan Tailanddagi “Qirol Kubogi-2024” xalqaro musobaqasida qatnashishmoqda.
Jumladan, Tojikiston Tailanddagi Songkxla shahrida yarim final doirasida Suriya milliy terma jamoasiga qarshi bellashishdi. Ushbu bahsda “Andijon” hujumchisi Shaxrom Samiev asosiy tarkibdan joy oldi va 85-daqiqada o‘rnini jamoadoshiga bo‘shatib berdi. "Neftchi" vakillari - Zoir Jo‘raboev hamda Manuchexr Safarov esa bahsni to‘liq o‘tkazdilar.
Ushbu o‘yinda Tojikiston 1:0 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Tojikiston: Oleg Baklov, Zoir Jo‘raboev, Raxmatsho Raxmatzoda, Manuchexr Safarov, Faxriddin Axtamov (Mexrubon Karimov, 85), Islom Zoirov (Murodali Aknazarov, 46), Fatxullo Olimzoda (Abubakr Sulaymonov, 58), Nuriddin Xamrokulov (Xusrav Toirov, 68), Daler Sharipov (Azizbek Daliev, 68), Parvizjon Umarboev, Shaxrom Samiev (Saloxiddin Ergashev, 85).
Fikrlar