
Tim Tszyuning navbatdagi jang sanasi ma’lum bo‘ldi
Profescional boksning super yarim o‘rta vazn toifasida WBO Global chempionlik kamari sohibi avstraliyalik Tim Tszyu (17-0, 13 KO) navbatdagi jangini 31 mart kuni Avstraliyada sobiq jahon chempioni Denis Xoganga (28-3-1, 7 KO) qarshi o‘tkazadi.
Tim Tszyu boks yulduzlaridan biri hisoblangan Kostya Tszyuning o‘g‘li bo‘lib, hozirda WBO yo‘nalishida majburiy da’vogar bo‘lib turibdi.
Denis Xogan esa bir necha marta ikkinchi darajali kamarlarga ega chiqqan. Oxirgi janglarida Jermel Charlo va Xayme Munguailarga imkoniyatni boy bergandi.
Fikrlar