
The Guardian ham Levandovskini eng yaxshi futbolchi, deb topdi
The Guardian o‘z talqini bo‘yicha yakunlanib borayotgan 2020 yilning eng yaxshi futbolchilarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, 1-o‘rin o‘tgan mavsum Germaniya chempionati va kubogida, Chempionlar ligasida to‘purar bo‘lgan "Bavariya" forvardi Robert Levandovskiga nasib etdi. Kuchli uchlikdan "Barselona" sardori Lionel Messi va "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu joy oldi.
The Guardian talqiniga ko‘ra, dunyoning 2020 yildagi eng yaxshi 10 ta futbolchisi:
1. Robert Levandovski ("Bavariya")
2. Lionel Messi ("Barselona")
3. Krishtianu Ronaldu ("Yuventus")
4. Kevin de Bryuyne ("Manchester Siti")
5. Sadio Mane ("Liverpul")
6. Erling Xoland ("Borussiya" Dortmund)
7. Kilian Mbappe (PSJ)
8. Muhammad Saloh ("Liverpul")
9. Neymar (PSJ)
10. Virdjil van Deyk ("Liverpul").
Fikrlar