
Tezkor: Italiya klubi Shomurodov transferidan voz kechdi!
“Roma”da o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgan Eldor Shomurodovning agentlari unga yangi jamoa topishga urinmoqda.
Hozircha bir necha klub o‘zbek hujumchisini transfer qiishga tayyor. Biroq Eldor musobaqa jadvalining quyi qismida joylashgan “Spetsiya”, “Sampdoriya”, “Montsa”, “Kremoneze” kabi jamoalarning chorlovini qabul qilmayapti.
“Torino” Shomurodovga asosiy nomzod. Lekin rimliklar sport direktori Tyagu Pinto turinliklarning rasmiy birinchi so‘rovini qabul qilgani yo‘q.
O‘z navbatida, Shomurodovning vakilliri hujumchimizning xizmatlarini “Bolonya”ga taklif qilgani haqida xabar tarqatildi.
La Gazzetta dello Sport nashrining ta’kidlashicha, “Bolonya” bosh murabbiyi Tyago Motta Shomurodov transferini shaxsan rad etgan. Italiyalik mutaxassis hujum chizig‘i kuchaytirilishga muhtoj emas, deb hisoblamoqda.
Ta’kidlash joizki, “Bolonya” o‘tgan yozda legionerimizni qo‘lga kiritish uchun eng ko‘p kurashgan klub bo‘lgandi. “Roma” ularning 10 million evrolik taklifini qabul qilmagan. Bundan tashqari, “Roma” bosh murabbiyi Joze Mourino Shomurodovga “Bolonya”da o‘ynaganidan ko‘ra, Rimda qolishi ma’qulligini maslahat bergandi.
“Roma” futbolchisini boshqa jamoaga taklif qilinmoqda
“Roma”da etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgan Edoardo Bove ham tez orada jamoasini o‘zgartirishi kutilmoqda.
Joze Mourino kashf qilgan yarim himoyachiga “Empoli” bosh murabbiyi Paolo Dzanetti jiddiy qiziqib qolgan. Bu haqda Gazzetta dello Sport nashri xabar tarqatdi.
“Empoli” murabbiylar shtabi yozda “Fiorentina”ga o‘tib ketgan polshalik legioner Simon Juravski o‘rnini bosa oladigan futbolchi qidirmoqda.
Markaziy yarim himoyachi hisoblangan Bove “Roma” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2021 yildan beri asosiy tarkib vakili. Biroq, kuchli raqobat tufayli zaxirada qolib ketmoqda.
Bovening rimliklar bilan shartnomasi 2025 yilning yarmigacha davom etadi. Rim klubi iste’dodli yarim himoyachini bosh qa klubga transfer qilishga tayyor.
Smollingni agenti Rimga keldi
“Roma” himoyasining etakchisi Kris Smollingning klub bilan shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi.
33 yoshli futbolchiga “Inter” va “Yuventus” kabi Italiya grandlari hamda Angliya premer-ligasining bir nechta jamoasidan takliflar bor.
Joze Mourino klub rahbariyatini o‘yinchi bilan hamkorlikni uzaytirish kerakligi haqida ogohlantirgan.
Krisning agenti Jeyms Fezerstoun muzokara o‘tkazish uchun Italiya poytaxtiga keldi. Avvalroq, Smolling rimliklar bilan kelishuvni uzaytirishga shoshilmasligi va maqsadi Evropa Chempionlar ligasida o‘ynaydigan jamoada to‘p tepish ekani aytilgandi.
“Roma” Shomurodov bo‘yicha katta summani qabul qilmadi. Transfer barbod bo‘lishi mumkin!
Legionerimiz muxlislar bilan xayrlashdi! Keyingi manzil – kuchli beshlik!
Legionerimiz ligani tark etmoqda. Murabbiyning iltimosi o‘tmadi!
Shomurodov Messi boshchiligidagi superto‘purarlar bilan birga!
Fikrlar