
Tezkor! "Barselona"ning 3 nafar futbolchisida koronavirus aniqlandi
So‘nggi kunlarda Ispaniyada koronavirus avj olmoqda. Jumladan, La Ligada ro‘yxatdan o‘tgan 60 futbolchida "Covid-19" aniqlandi.
"Barselona" himoyachisi Jordi Albaning ham "Covid-19"ga topshirgan testi ijobiy chiqdi. Avvalroq, Dani Alves va Kleman Langleda koronavirus aniqlangandi.
Eslatib o‘tamiz, "ko‘k-anorranglilar"ni 2 yanvar kuni La Liga doirasida "Malorka"ga qarshi o‘yin kutib turibdi.
Fikrlar