
Tez orada yangi promoushen paydo bo‘ladi !!!
Sobiq UFC jangchisi Mayk Perri Jeyk Pol bilan jangi oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida yangi promoushen yaratilishini e’lon qildi.
"Men va jamoam bu borada ancha vaqtdan beri ishlayapmiz. Biz bunga avvalroq shama qilgandik. Biz buni bajaramiz. Bu yil ba’zi sportchilarni yig‘ishga, kardlarni to‘ldirib, janglar tashkil qilishga juda yaqinmiz. Hozirda jamoam har bir vaznda ma’lum bir sportchi bilan shartnoma imzolashni maqsad qilgan”, — deya Perri so‘zlaridan iqtibos keltirdi TMZ.
Fikrlar