
Terma jamoa sardori Iordaniya ustidan qozonilgan g‘alaba xususida nimalar dedi?
Xabaringiz bor, Birlashgan Arab Amirliklarida yig‘in olib borayotgan terma jamoamiz kecha Iordaniya terma jamoasini o‘rtoqlik uchrashuvida 2:0 hisobida taslim etdi. Bahs yakuniga etgach, milliy terma jamoamiz sardori Islom To‘xtaxo‘jaev quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.
"O‘yin biroz asabiy ruhda o‘tdi, deb aytish mumkin. Sababi, birinchi bellashuvdan keyin o‘zimizga kelib ulgurmagandik. Ammo ularning kamchilikda harakat qilgani ikkinchi taymda o‘z ta’sirini ko‘rsatdi.
Qiyinchiliklarga uchrayotganimizning yana bir sababi, ko‘p futbolchilarning terma jamoada yangi ekanligi. Kirishib ketish uchun vaqt kerak bo‘ladi. Murabbiyning ko‘rsatmalarini ko‘pchilik to‘g‘ri tushunib ulgurmagan. Keyingi uchrashuvlarda yanada yaxshiroq harakat qilamiz, deb o‘ylayman.
Iordaniya terma jamoasida ham o‘zgarishlar bor. Ular yaxshi jamoa sifatida shakllanib boryapti. Terma jamoa sardori sifatida, albatta, mas’uliyat yuqoriroq bo‘ladi. Yosh ukalarimizga termaga moslashib ketishida yordam berishimiz kerak. O‘zimizning ham boshimizdan shu kabi jarayonlar o‘tgan", - dedi To‘xtaxo‘jaev.
Fikrlar