
Tekinga kelgan "oltin baliqchalar" yoxud futbol olamidagi eng zo‘r erkin agentlar TOP-10
ESPN nashri erkin agentga aylangan futbol tarixidagi eng zo‘r o‘yinchilar reytingini tuzib chiqdi.
Ro‘yxatning eng yuqorisida Robert Levandovski qayd etildi. Aytish kerakki, polshalik hujumchi 2014 yil “Borussiya” Dortmunddan “Bavariya”ga erkin agent sifatida ko‘chib o‘tgan edi. U o‘tgan davr mobaynida myunxenliklar safida 275 ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblari darvozasiga 230 ta gol urdi.
Kuchli uchlikdan esa 2011 yil “Yuventus”dan “Milan”ga erkin agent sifatida ko‘chib o‘tgan yarim himoyachi Andrea Pirlo va 2001 yil “Tottenxem”dan “Arsenal”ga tekinga ko‘chib o‘tgan himoyachi Sol Kempbell joy oldi.
ESPN talqiniga ko‘ra futbol tarixidagi eng zo‘r erkin agentlar top-10:
1. Robert Levandovski ("Borussiya"/"Bavariya", 2014 god)
2. Andrea Pirlo ("Milan"/"Yuventus", 2011)
3. Sol Kempbell ("Tottenxem"/"Arsenal", 2001)
4. Luis Enrike ("Real"/"Barselona", 1996)
5. Roberto Badjo ("Milan"/"Bolonya", 1997, "Inter"/"Breshiya", 2000)
6. Stiv Makmanaman ("Liverpul"/"Real", 1998)
7. Rud Gullit ("Sampdoriya"/"Chelsi", 1995)
8. Xenrik Larsson ("Seltik"/"Barselona", 2004)
9. Jeyms Milner ("Manchester Siti"/"Liverpul", 2015)
10. Esteban Kambyasso ("Real"/"Inter", 2004, "Inter"/"Lester", 2014)
Fikrlar