Taniqli sharhlovchi Yaxshiboev o‘ynaydigan chempionatni e’tirof etdi

  • 10 may, 2020, 23:15
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiyalik mashhur sharhlovchi Konstantin Genich koronavirus pandemiyasi bois mamlakat chempionati davom ettirilmasligini istayotgan rossiyalik futbolchilarni tanqid qildi.

Tecno

"Xuddi shu Belarus chempionatini oling. Eshiting, ular sakkiz tur o‘ynashdi. 8 tur muxlislar bilan. Qizig‘i, hech bir futbolchida koronavirus infektsiyasi aniqlanmadi. Men ular 1-turdan keyinoq chempionatni tugatishlariga amin edim, ammmo yo‘q ular o‘ynashdi. 4-turdan so‘ng ham to‘xtatishlariga ishonchim komil edim, lekin, ular hamon davom ettirishmoqda. 8 tur va ularda barchasi joyida!

Ular musbat testga ega futbolchilarni yashiryapti deb o‘ylamayman. U erda tumov va isitmasi chiqqanlarni maydonga qo‘yishmayapti. 

Bizning futbolchilar qanday ahvolga tushishdi? Rossiya chempionatini davom ettirishmoqchi emas. Sizning vazifangiz chiqish va o‘ynash. Sotuvchi va jamoat transportida ishlaydiganlar ham chiqib, o‘z ishini qilishyapti. Nega futbolda bunday emas?", - dedi Genich "Match TV" efirida.

Ma’lumot uchun, Belarus chempionatida ishtirok etuvchi "Energetik-BGU" jamoasi safida Jasur Yaxshiboev va Shahboz Umarov kabi hamyurtlarimiz to‘p tepadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!