Taniqli futbolchi transferi barbod bo‘lganidan keyin alamidan yig‘lab yubordi

  • 28 sentabr, 2023, 12:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliyalik taniqli futbolchi Andros Taunsend yangi mavsumda jamoasiz qolib ketdi. 32 yoshli hujumkor futbolchi jarohati tufayli o‘tgan mavsumda maydonga tusha olmagan edi.

Tecno

Yozda “Everton” bilan shartnomasi yakunlangan Tausend “Byornli” tarkibiga qo‘shilish uchun mavsumoldi yig‘inlarida va nazorat uchrashuvlari qatnashdi. Biroq jamoa rahbariyati unga shartnoma taklif qilmadi.

Andros Tausend bu haqda ma’lumot berar ekan, alamidan ko‘zga yosh oldi.

- Men bir oy davomida shartnoma imzolanishini kutdim va oxir-oqibat bunday bo‘lib chiqmadi. Odamlar menga yolg‘on umidlarni bergan ekan. Agar shartnoma berilmasligini bilganimda shunga yarasha tayyorgarlik qilgan bo‘lardim.

Keyin agentlardan biri Saudiya Arabistonining uchinchi divizionidagi klub prezidenti menga jiddiy qiziqayotganini aytdi. Menda yana futbol o‘ynashga umid uyg‘ondi.

Saudiya Arabistonida transfer oynasi yopilishiga bir kun qolganida men unga qo‘ng‘iroq qildim. Agent uchrashuv tashkil qilishini aytdi. Keyin ma’lum bo‘lishicha, bunday taklif bo‘lmagan ekan, - dedi Tausend.

Andros Taunsend o‘z davrida “Tottenxem”, “Nyukasl”, “Kristal Pelas”, KPR, “Lids”,  “Uotford”, “Ipsvich”, “Birmingem” va “Everton” kabi jamoalar sharafini himoya qilgan. Shuningdek, Angliya terma jamoasi safida 13 marotaba maydonga tushgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!