
Taniqli agent "Barselona" rahbariyati bilan uchrashdi
"Barselona" klubi yosh futbolchi Ansu Fati bilan shartnomani uzaytirishga yaqin turibdi. Bu haqda "Marca" nashri xabar tarqatmoqda.
Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, ayni damda 18 yoshli futbolchining agenti Jorje Mendesh Kataloniyada bo‘lib turibdi va allaqachon shartnomani uzaytirish uchun ilk muzokaralarni o‘tkazgan. Yaqin kunlarda uning klubdagi kelajagi borasida qaror qabul qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, 18 yoshli futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Yosh futbolchi "ko‘k-anorranglilar" safida umumiy 52 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol va 8 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar