
Taekvondo. Ikki sportchimiz xalqaro turnir finalida to‘qnash keldi
Eron poytaxti Tehron shahrida "Osiyo taekvondo federatsiyasi Prezidenti Kubogi" musobaqasi davom etmoqda.
+73kg vazn toifasida finalga bir yo‘la ikki nafar o‘zbekistonlik taekvondochi etib keldi.
Yarim finaldagi jangida jarohat olgan Iroda Mirtadjieva finalda ishtirok eta olmasligini ma’lum qildi va kumush medal sohibiga aylandi. Svetlana Osipova esa oltin medalni qo‘lga kiritdi!
Taqdirlash marosimida jarohat olgan Iroda Mirtadjievaning kumush medalini Dinora Muxtorova qabul qilib oldi.
O‘zbekiston taekvondo WT assotsiatsiyasi matbuot xizmati
Fikrlar