
"Surxon" safarda "Turon"ni enga olmadi
Superliga 22-turidan o‘rin olgan "Turon" - "Surxon uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur o‘yinda 1:1 hisobidagi jangovor durang natija qayd etildi.
47-daqiqada mehmonlar futbolchisi Murodbek Bobojonov hisobni ochgan bo‘lsa, 68-daqiqada Fozil Musaev muvozanatni tikladi va o‘yinda boshqa hisob o‘zgarmadi.
Mazkur natijadan so‘ng, "Surxon" hisobidagi ochkolar soni 18 taga etdi va ular 11-o‘rindagi "Mash’al" bilan tenglashib oldi. "Turon"da hozircha 13 ochko bor va ular Superliga turnir jadvalida so‘nggi pog‘onada bormoqda.
Fikrlar