"Surxon" legioner hujumchi bilan shartnoma imzoladi

  • 3 fevral, 20:03
  • Jahongir Inomjonov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Kirill Kolesnichenko - "Surxon" futbolchisi! Bu haqda klub matbuoti e’lon qildi.

Tecno

Rossiyalik futbolchi Kirill Kolesnichenko "Surxon" futbolchisiga aylandi. Yanvar oyida Kolesnichenko Turkiyadagi yig‘inda jamoamizga qo‘shildi va ko‘rik asosida bir qator o‘rtoqlik uchrashuvlarda maydonga tushdi. Kolesnichenkoning harakatlari murabbiy shtabiga ma’qul keldi va futbolchi bilan 1 yillik shartnoma imzolandi

Kirill Kolesnichenko 2000 yil 31 yanvarda Rossiyaning Kamishin shahrida tug‘ilgan. U "Chertanovo" akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo‘lib, hujumchi hamda chap qanot vinger pozitsiyasida o‘ynaydi. O‘z faoliyati davomida u "Ural", "SKA-Xabarovsk", "Qayrat", "Rotor", "Rodina" va "Amkar" kabi klublarda to‘p tepgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Abdulboriy Dilshodbekovich
03/02/2025 20:37
Umrida gol urmagan ekan