Suriya bosh murabbiyi: Zilziladan keyin qiyin davr bo‘ldi, lekin...

  • 28 fevral, 2023, 11:40
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ertaga yurtimiz 20 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi. Bugun musobaqa oldidan jamoalar bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda Suriya U-20 terma jamoasi ustozi Mark Votte ishtirok etdi.

Tecno

- Toshkentda bo‘lganimdan xursandman. 8 ta o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdik bunhacha. O‘FAga rahmat aytmoqchiman. Yoshlarga imkon bermoqchimiz. Ularni shu orqali milliy jamoaga chiqaramamiz va tajriba beramiz. Yarim finalga chiqishni xohlaymiz. U erdan Indoneziyaga yo‘l olamiz. Birinchi o‘yindan umidlar katta.

Zilzildan keyin qiyin davr bo‘ldi. O‘yinchilarga oson emas edi. Tayyorlanish Dubayda bo‘ldi. Futbolchilarga 5 kunlik dam olish berdik. Natijalarimiz bilan yurtdoshlarimizni xursand qilamiz.

Rossiya, Germaniya Shvetsiya chempionatlaridan o‘yinchilarimiz bor. Biroq mahalliy futbolchilarimga ishonaman. Ular bilan JChga chiqamiz.

O‘zbekiston favorit. Katta o‘yin bo‘ladi. Ruhan tayyor bo‘lish kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!