Suriya - O‘zbekiston uchrashuvining vaqti o‘zgardi

  • 12 noyabr, 2020, 11:35
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi BAAda navbatdagi yig‘inni o‘tkazmoqda. Vadim Abramov shogirdlari bugun o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.

Tecno

Vakillarimizning dastlabki o‘rtoqlik uchrashuvi Suriyaga qarshi kechadi. O‘yinda nominal mezbon hisoblangan Suriya terma jamoasining taklifiga binoan, bellashuv boshlanish vaqti 1 soat kechroqqa surildi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi. Demak, o‘yin Toshkent vaqti bilan 21:00da start oladi.

Hamyurtlarimizning xorij yig‘inidagi ikkinchi o‘rtoqlik bahsi 17 noyabr kuni Iroqqa qarshi o‘tkaziladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!