Supertransfer Zidan tufayli barbod bo‘lish arafasida

  • 11 iyun, 2022, 13:06
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” bilan shartnomasi yakunlanayotgan Pol Pogbaning “Yuventus”ga o‘tishi barbod bo‘lishi mumkin. Bunga PSJ rahbariyatining bosh murabbiy lavozimiga Zinedin Zidanni tayinlamoqchi bo‘layotgani sabab.

Tecno

Frantsiyalik futbolchi agar Zimdan PSJni qabul qilishga ko‘nsa, Turinga emas Parijga yo‘l olishga qaror qildi. Shu bois Pogba turinliklarning bilan davom etayotgan muzokaralari cho‘zyapti.

Zidan hali PSJni boshqarishga rasman rozilik bergani yo‘q. Avvalroq, Evropa matbuoti frantsiyalik mutaxassis PSJ bilan hamkorlik qilishga ko‘ngani haqida yozgandi. Lekin Zidanning agenti bu xabarni rad etdi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Pogba va Zidan juda iliq munosabatga ega. Shuning uchun ham Pol o‘z hamyurti qo‘l ostida to‘p tepmoqchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!