
Superliganing kuchli legionerlaridan biri Eronga ketmoqda
"Dinamo" hujumchisi Joel Kojo Eronning "Istiqlol" klubiga ko‘chib o‘tadi. Bizga ma’lum bo‘lishicha, mazkur transfer uchun forslar Samarqand klubiga 400 ming dollar to‘laydi.
Vadim Abramov so‘nggi turdagi matbuot anjumanida shunday dedi: "Kojoni ketgisi kelyapti. Majburlab olib qolishdan foyda yo‘q. Agar Eronda o‘ynab keta olmasa, uni istalgan paytda yana qabul qilishga tayyormiz."
Eslatib o‘tamiz, ayni damda Masharipov harakat qilayotgan "Istiqlol" 11-turdan so‘ng 16 ochko jamg‘argan holda 7-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar