
Superliganing 12-turidagi markaziy o‘yin haqida prevyu
12-turning markaziy bellashuvi 20 iyun kuni Qarshida bo‘lib o‘tadi. Shu kuni “Nasaf” Farg‘onaning «Neftchi» jamoasini qabul qiladi. Uchrashuv 20 iyun kuni soat 20:00 da start oladi.
«Neftchi» jamoasi bilan o‘zaro uchrashuvlardagi statistikalar bilan tanishing:
Jamoalar O‘zbekiston chempionatida hozirga qadar 50 bor kuch sinashishgan. Bo‘lib o‘tgan 21 uchrashuvda «Nasaf», 18 o‘yinda esa «Neftchi» g‘alaba qozongan. 11 uchrashuvda esa tomonlar murosa ko‘chasini tanlashgan.
To‘plar nisbati 67:56 ga teng. Ustunlik “Nasaf” tomonida.
O‘zaro uchrashuvlarda qayd etilgan eng yuqori hisoblar quyidagicha: «Nasaf» – «Neftchi» 4:1, «Neftchi» – «Nasaf» 4:0.
E’tiboringizga Qarshida bo‘lib o‘tgan so‘nggi besh uchrashuv natijalarini havola etamiz:
07.10.2023 | NASAF 2:0 NEFTChI
07.11.2022 | NASAF 0:1 NEFTChI
04.11.2018 | NASAF 2:0 NEFTChI
14.05.2018 | NASAF 2:0 NEFTChI
06.05.2017 | NASAF 2:0 NEFTChI
Fikrlar