
Superliga. Tantashev, Karimov va Nasibullaev! Hakamlarimiz nimalarda tengsiz?
UzFHM o‘zining rasmiy sahifasida O‘zbekiston Superligasining ortda qolgan 3 turi davomida hakamlar qayd etgan qiziqarli statistik ma’lumotlarni e’lon qildi.
Superliganing ortda qolgan 3 turida 21 o‘yin o‘tkazildi. Ulardan 19 tasida VAR tizimidan foydalanildi.
Bundan tashqari, 21 uchrashuvni 10 nafar hakam boshqargan. Eng ko‘p sariq kartochka Ilgiz Tantashev (21 ta), eng ko‘p qizil esa Rahimbek Karimov tomonidan (3 ta) ko‘rsatilgan.
Eng ko‘p penalti Abdurashid Xudoyberganov tomonidan belgilangan — 3 ta. Hozirga qadar, faqat Shavkat Nasibullaev cho‘ntagidan biron marotaba kartochka chiqargani yo‘q.
Fikrlar