
Superliga. OKMK superkambek amalga oshirib, "Andijon"ni mag‘lub etdi
Superliganing 8-turidan o‘rin olgan navbatdagi bahs yakuniga etdi.
OKMK o‘z maydonida "Andijon"ni qabul qildi. Mazkur to‘qnashuvda mezbonlar superkambek amalga oshirgan holda g‘alabani qo‘lga kiritdi - 4:3.
Dastlab, 16-daqiqada Xurshid G‘iyosov mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi, oradan ko‘p o‘tmay esa Bektemir Abdumannonov 19-daqiqada oradagi farqni yo‘qqa chiqardi.
Birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqalaridagi Altin Kreziu (39) va Sardorbek Azimov (42)ning gollari esa "burgutlar"ning tanaffusga ishonchli hisobda yo‘l olishini ta’minladi. 60-daqiqada qizil kartochka bilan jazolangan Ali Abdurahmonov jamoasining keyingi daqiqalarda bir kishi kam bo‘lib o‘ynashiga sabab bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limning 85-daqiqasiga kelib penaltidan unumli foydalangan G‘iyosov dubl amalga oshirib, oradagi farqni qisqartirdi. 90+4-daqiqada himoyadagi tartibsizlikdan foydalangan Oybek Rustamov kuchlarni tenglashtirib qo‘ydi. Hakam 90+5-daqiqada mezbonlar darvozasi tomon yana 11 metrlik jarima zarbasini belgiladi va G‘iyosov bahsdagi xet-trikni rasmiylashtirib qo‘ydi.
Shu tariqa, olmaliqliklar muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi va turnir peshqadamiga aylanib oldi.
Fikrlar