
Superliga. Iyun oyining eng yaxshi futbolchisi "Andijon"dan! (Foto)
O‘zbekiston Superligasida iyun oyining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi.
O‘zPFL matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, "Andijon" hujumchisi Rubin Xebay o‘tgan oyning eng yaxshi futbolchisi, deb topildi. U 3 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z nomiga 4 ta gol yozdirib qo‘ygan.
Ma’lumot o‘rnida, Rubindan tashqari eng yaxshi futbolchi bo‘lish uchun ro‘yxatda "Paxtakor" himoyachisi Hojiakbar Alijonov va "Metallurg" hujumchisi Zabixillo O‘rinboev ham mavjud edi.
Fikrlar