Superliga. "Dinamo" so‘nggi soniyalardagi goli evaziga g‘alabani ilib ketdi

  • 25 may, 23:14
  • Bilolbek Imomov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 11-turidan o‘rin olgan "Dinamo" - "Qizilqum" klublari ishtirokidagi bellashuv o‘z nihoyasiga etdi. 
 
Dramatik kechgan bahsda samarqandliklar 90+6-daqiqadagi goli evaziga kambek amalga oshirib, g‘alabani ilib ketdi. 
 
Uchrashuvning 21-daqiqasida Roman Papariga hisobni ochgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limning 6-daqiqasi o‘tib borayotganda Oybek O‘rmonjonov hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi. Oradan 10 daqiqa o‘tib esa Shahzodbek Rahmatullaev gol urib, yana jamoasini oldinga olib chiqdi. 77-daqiqada Jurani Ferreira oradagi farqni qisqartirdi. Shu bilan birga, qo‘shib berilgan daqiqalarning oltinchisi o‘tib borayotganda Sanjar Qodirqulov gol urib, jamoasining g‘alabasini ta’minladi.

  • O'zbekiston - Superliga
  • Joriy Mavsum

Dinamo

  • Oybek Ormonjonov 51'
  • Ratinho 77'
  • Sanjar Kodirkulov 90'
Tugadi
3 : 2

25.05.2025 21:00

Tecno

Qizilqum

  • Roman Papariga 22'
  • Shahzodbek Rahmatullayev 61'

Xamidova Zeboniso

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Депутат Уктамович
26/05/2025 00:17
Бу мавсумдаги Динамо 1980йилги ( Абдурайимов) 1982-84 (Десячиков) ва 1999йидаги ( Махмуд Рахимов) давридаги уйини билан Самаркандлик ишкибозларни хурсанд килаяпти, Олгаа Ок армия