Superliga. Bugun Namanganda Vodiy derbisi o‘tkaziladi
Bugun O‘zbekiston Superligasi 3-tur uchrashuvlari davom ettiriladi.
Kun dasturidan 2 ta qarama-qarshilik o‘rin olgan bo‘lib, bahslar Samarqand va Namanganda o‘tkaziladi. "Dinamo" o‘z maydonida "Qizilqum"ni qabul qilsa, Namanganda Vodiy derbisiga guvoh bo‘lamiz. Chempionlik uchun kurash olib borishi kutilayotgan "Navbahor" "Qo‘qon-1912"ni mehmon qiladi.
Har ikki bellashuv 18:30 da start olishi rejalashtirilgan. Mazkur o‘yinlarga oid barcha yangiliklarni saytimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.



Fikrlar